MONT TECH Portalidan foydalanish qoidalari
MONT TECH O’zbekiston kompaniyasi (MChJ shaklidagi «MONT Cloud» Xorijiy korxona, bundan keyin “Kompaniya” deb yuritiladi) monttech.uz internet-saytida (bundan keyin “Portal” deb yuritiladi) quyidagi shartlar va qoidalarga (bundan keyin “Shartlar” deb yuritiladi) muvofiq maʼlumot, tovarlar va xizmatlarni taqdim etadi.
Iltimos, Portaldan foydalanishni boshlashdan oldin ushbu Shartlar bilan diqqat bilan tanishib chiqing. Agar siz ushbu Shartlarga rozi bo‘lmasangiz, iltimos, Portaldan foydalanmang.
«Siz» yoki «Sizning» so’zlari shaxsan sizni (ya’ni ushbu Shartlarni o‘qiyotgan va ushbu Shartlarga muvofiq majburiyatlarni o‘z zimmasiga olayotgan shaxs) anglatadi. Agar siz korporatsiya yoki boshqa yuridik shaxs (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar yoki cheklangan mas’uliyatli sherikliklar) nomidan Portal bilan ishlayotgan bo‘lsangiz, ushbu atama sizni ham, Portal bilan siz ishlayotgan korporatsiya yoki boshqa yuridik shaxsni ham anglatadi.
1. Agar siz yuridik shaxs nomidan Portaldan foydalanayotgan bo‘lsangiz, ushbu Shartlarni mazkur yuridik shaxs nomidan qabul qilish uchun vakolatga ega ekanligingizni tasdiqlaysiz. Shuningdek, siz 18 yoshga to‘lganingizni e’tirof etasiz. Voyaga yetmagan shaxslar Portaldan foydalana olmaydilar.
2. Siz barcha xodimlaringizdan ushbu Shartlar bo‘yicha majburiyatlarni o’z zimmasiga olishlarini talab qilishga rozilik bildirasiz hamda Portal bilan bog‘liq holda xodimlaringizning harakatlari yoki harakatsizligi, shu jumladan ushbu Shartlarning har qanday buzilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga olasiz. Siz shuningdek, barcha xodimlaringiz Portalga kirish uchun foydalanadigan har qanday parolning maxfiyligini saqlashlari uchun javobgar ekanligini tan olasiz va hech bir xodimga parol yoki foydalanuvchi nomini boshqa xodimlarga yoki har qanday uchinchi shaxslarga berishga, shuningdek ushbu Portaldan foydalanish yoki unga kirish huquqini har qanday usulda boshqalarga o‘tkazishga ruxsat bermaslikka rozilik bildirasiz.
3. Agar siz Portaldan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, siz ushbu Qoidalarning barcha bandlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilishingiz shart. Siz Portaldan foydalanish bilan bog‘liq holda taqdim etilgan har qanday ma’lumot to’g’ri, aniq va to‘liq ekanligini hamda shunday bo‘lib qolishini kafolatlaysiz va tasdiqlaysiz. Shuningdek, siz ushbu ma’lumotlarni kuzatib borish va ularni muntazam ravishda yangilab turish majburiyatini zimmangizga olasiz. Siz tomoningizdan taqdim etilgan har qanday ma’lumot noto‘g‘ri, eskirgan yoki to‘liq hisoblanmasa yoki shunday bo‘lib qolsa, Kompaniya sizni Portaldan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqli ekanligiga rozilik bildirasiz.
4. Portaldan foydalanish uchun siz Portalda https://monttech.uz manzili bo’yicha ro‘yxatdan o‘tishingiz va bizga o‘zingiz haqingizda to‘liq hamda ishonchli ma’lumotlarni taqdim etishingiz shart. Portalning ayrim qismlariga kirish huquqini olish uchun sizdan Kompaniya bilan shartnoma tuzish talab qilinishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish uchun korporativ pochtaning elektron manzili hamda xodimning haqiqiy ismi va familiyasidan foydalaning. Siz boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotgan foydalanuvchi nomidan (yoki elektron pochta manzilidan) foydalanmaslikka rozilik bildirasiz.
Portaldan foydalanish jarayonida Siz tomoningizdan olingan avtorizatsiya ma’lumotlari (login va parol) faqat sizning shaxsiy foydalanishingiz uchun mo‘ljallangan bo‘lib, boshqa shaxslar uchun mo‘ljallanmagan. Siz Portalga kirish uchun foydalanadigan har qanday parolning maxfiyligi uchun javobgar bo‘lasiz hamda o‘z parolingiz yoki loginni uchinchi shaxslarga bermaslikka rozilik bildirasiz. Sizning login yoki parolingiz bilan bog‘liq holda Portal bilan amalga oshirilgan har qanday ma’lumot almashinuvi uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmangizga olasiz. Siz parol yoki loginingizdan har qanday ruxsatsiz foydalanish holati yoki sizning qayd etish yozuvingiz yoki Portal bilan bog‘liq boshqa har qanday maxfiylikning buzilishi haqida Kompaniyani darhol xabardor qilishga rozilik bildirasiz. Siz tomoningizdan yuqorida ko‘rsatilgan majburiyatlar buzilishi natijasida yuzaga kelgan har qanday yo‘qotishlar yoki zararlar uchun Kompaniya javobgar bo‘lmaydi.
5. Siz Kompaniya tomonidan yig‘iladigan, saqlanadigan va qayta ishlanadigan ma’lumotlar siz Portalda ro‘yxatdan o‘tishda, Portalning shaxsiy kabinetida, Kompaniya tadbirlariga ro‘yxatdan o‘tishda kiritgan kontakt ma’lumotlar, tashkilot haqidagi ma’lumotlar va to‘lov rekvizitlari, shuningdek uchinchi shaxslardan olingan ma’lumotlarni o‘z ichiga ma’lumotlarni tan olasiz va bunga rozilik bildirasiz. Kompaniya amaldagi qonunchilikka muvofiq to’plash taqiqlangan ma’lumotlarni to’plamaydi.
Portalda ro‘yxatdan o‘tishda biz sizdan ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldirishni va unda sizning ayrim shaxsiy ma’lumotlaringizni ko‘rsatishingizni so‘raymiz. Biz ushbu ma’lumotlardan keyinchalik siz bilan bog‘lanish uchun foydalanamiz.
Shaxsiy ma’lumotlarni to’plashdan maqsad Portal yordamida siz so‘ragan xizmatlarni sizga taqdim etish hisoblanadi.
Kompaniya shaxsiy ma’lumotlarni ular egasining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
- Shaxsiy ma’lumotlar egasining roziligi olingandan keyin ushbu ma’lumotlarga tegishli harakatlar amalga oshirilganda;
- Sizning buyurtmangiz yoki so‘rovingizni bajarish uchun ushbu ma’lumotlarni uzatish zarur bo‘lganda;
Agar bu amaldagi qonunlarga amal qilish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarining so‘rov va talablarini bajarish uchun talab qilingan bo‘lsa.
6. Siz Kompaniya va uning hamkorlari tomonidan taqdim etiladigan mahsulotlar, xizmatlar, maxsus takliflar va aksiyalar haqidagi ma’lumotlarni Kompaniya sizga yuborishiga rozilik bildirasiz.
7. Portalда taqdim etiladigan Portal, tovarlar va xizmatlar hamda Portaldagi ma’lumotlar, dasturiy ta’minot, hujjatlar va grafik jadval texnik xatoliklar, kamchiliklar yoki yetarlicha ishlab chiqilmagan jihatlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ushbu ma’lumotlar o‘zgartirilishi mumkin. Kompaniya va/yoki uning yetkazib beruvchilari Portalda ko’rsatilgan ma’lumotlarni istalgan vaqtda yaxshilash va/yoki o‘zgartirish huquqiga ega.
8. Portaldagi havolalar sizga Portaldan chiqish imkonini beradi. Kompaniya havolalar berilgan veb-saytlarni nazorat qilmaydi va havola berilgan veb-saytlarning mazmuni, shuningdek, ulardagi har qanday o‘zgarishlar va yangilanishlar uchun javobgar bo’lmaydi. Kompaniya ushbu havolalarni faqat sizga qulaylik yaratish maqsadida taqdim etadi.
9. Portaldan foydalanishda siz barcha amaldagi qonunlar, me’yorlar va talablarni bajarishingiz shart. Siz quyidagilarga rozilik bildirasiz:
- Portaldan firibgarlik yoki noqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik.
- Portalning boshqa foydalanuvchilaridan shaxsiy xarakterdagi ma’lumotlarni to’plamaslik yoki shaxsan olmaslik.
- Hech bir shaxs yoki tashkilot nomidan, jumladan Kompaniya vakili sifatida o‘zingizni ko‘rsatmaslik; hech qanday asosga ega bo‘lmagan holda o‘zingizni har qanday shaxs yoki Kompaniya bilan aloqangiz borligini asossiz tasdiqlamaslik.
- Portal yoki unga kirish uchun foydalaniladigan serverlar va tarmoqlarning faoliyatiga aralashmaslik yoki ularning faoliyatini buzmaslik, shuningdek, ushbu tarmoqlarning har qanday talablari, protseduralari, prinsiplari yoki me’yorlarini buzmaslik.
- Portalning har qanday qismini qayta ishlamaslik, nusxa ko’chirmaslik, sotmaslik, qayta sotmaslik yoki tijorat maqsadlarida boshqacha tarzda foydalanmaslik.
- Ushbu Portalning har qanday qismini (shu jumladan, har qanday mazmun, Dasturiy ta’minot va ushbu Portalning boshqa materiallari) o‘zgartirmaslik, moslashtirmaslik, tarjima qilmaslik, muhandislik tahlilini o‘tkazmaslik, dekompilyatsiya qilmaslik yoki buzib o‘rganmaslik, faqat bevosita qonunchilik bilan ruxsat etilgan holatlar bundan mustasno.
- Portaldan ma’lumotlarni chiqarish, indeksatsiyalash, ma’lumotlarni qidirish va to’plash uchun robotlar, “spayder”lar, qidiruv yoki ekstraksiya ilovalari yoki boshqa dasturiy yoki qo‘l bilan ishlaydigan vositalardan foydalanmaslik.
10. Ushbu Shart qoidalariga qo‘shimcha ravishda, Portal orqali o‘tkaziladigan har qanday aksiyalarga (bundan buyon — «Aksiyalar») ushbu Shartlar tarkibiga kirmaydigan alohida qoidalar tatbiq etilishi mumkin. Shunga o’xshash har qanday Aksiyada ishtirok etganingizda, sizga nisbatan ushbu Shart va qoidalarda bayon etilganlardan farq qiluvchi maxsus qoidalar tatbiq etilishi mumkin. Kompaniya sizga ma’lum bir Aksiyaga qo’llaniladigan barcha maxsus qoidalarni diqqat bilan o‘rganib chiqishingizni qat’iy tavsiya qiladi.
11. Siz Kompaniya o‘z ixtiyoriga ko‘ra, istalgan vaqtda, har qanday sabab yoki sabablarsiz, shu jumladan, Kompaniya siz ushbu Shartlarni buzgan deb hisoblagan hollarda, Portalga va ushbu Portal bilan bog‘liq qayd etish yozuvlariga kirishingizni to‘xtatishi mumkinligiga rozilik bildirasiz. Bunday kirish to‘xtatilganda, siz darhol Portaldan foydalanish huquqini yo‘qatasiz. Siz shuningdek, Portalga kirish yoki undan foydalanishingizni to‘xtatish oldindan ogohlantirishsiz amalga oshirilishi mumkinligi va Kompaniya sizning login va parolingiz, shuningdek u bilan bog‘liq barcha ma’lumot va fayllarni darhol o‘chirish yoki faolsizlantirish hamda ushbu ma’lumot yoki fayllarga keyinchalik har qanday kirishni cheklash huquqiga ega ekanligingizga rozilik bildirasiz. Siz Kompaniya va uning xodimlari sizning Portalga kirishingiz yoki har qanday ma’lumot va fayllarni to‘xtatish bo‘yicha siz yoki uchinchi shaxslar oldida hech qanday majburiyat yo‘qligi, shuningdek, kirish to‘xtatilganidan keyin sizga ushbu ma’lumot yoki fayllarni taqdim etish majburiyati yuklatilmaganligini tan olasiz.