Kompaniya haqida
“MONT TECH” guruhi “MONT Cloud” XK MChJ shaklida O‘zbekiston Respublikasidagi o‘z faoliyatini 2012-yilda boshlagan bo‘lib, bugungi kunda mintaqadagi eng yirik dasturiy ta’minot distribyutorlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda xizmatlarning to‘liq majmuasini ko‘rsatib kelayotgan “MONT TECH” faoliyati, shuningdek, mahalliy mintaqaviy vakillari faoliyat yuritayotgan Tojikiston va Turkmaniston hududlarini ham qamrab oladi.
MONT TECH O‘zbekiston —qarorgohi Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MONT TECH kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi. MONT TECH guruhi MONT kompaniyalar guruhining Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Mo‘g‘ulistondagi biznesini restrukturizatsiya qilish natijasida tashkil etilgan.
Bugungi kunda MONT TECH O‘zbekiston — bu:
- Hamkorlar: Ular orasida bir necha ming xodimga ega bo‘lgan yirik tizim integratorlaridan tortib, bir kishi ham direktor, ham xaridlar bo‘yicha menejer, ham sotuvchi vazifasini bajaradigan kichik kompaniyalar ham bor. Biz barcha hamkorlarimizga birdek yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishga intilamiz.
- Keng mahsulotlar portfeli: Bu yerda ham ko‘pdan beri tanilgan dasturiy mahsulotlar, ham bozordagi yangi va istiqbolli ishtirokchilarning yechimlari o‘rin olgan. Buyurtmachida murakkab loyihami? Bizda har doim mos keladigan yechim topiladi!
- Texnik ekspertiza va maslahatlar: MONT TECHning sertifikatlangan mutaxassislari dasturiy ta’minotni litsenziyalash qoidalaridan tortib, huquqiy masalalargacha bo‘lgan turli yo‘nalishlarda professional yordam ko‘rsatadilar. Murakkab savol tug‘ildimi? Biz yordam beramiz!
Biznesning asosiy yo‘nalishlari:
- Klassik distributsiya: litsenziyalar, qutili mahsulotlar va dasturiy ta’minotning OEM-versiyalarini an’anaviy sxema bo‘yicha yetkazib berish (mijozdan buyurtma olish, buyurtmani distribyutorga joylashtirish, vendorni omboridan jo‘natish va hamkorga yetkazib berish)
- Ekspert yechimlari: dasturiy mahsulotlar va yechimlarni kompleks yetkazib berish, shuningdek, loyihalarni sotuv oldi, texnik va servis jihatdan qo‘llab-quvvatlash
- Bulutli distributsiya: bulutli xizmatlarni sotishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan MCD platformasi bo‘lib, u hamkorlarga buyurtmachilarning obunalarini 100% nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi
- Elektron distributsiya: dasturiy ta’minotni sotish kanali bo‘lib, u elektron kalitlarni Webstore texnologik platformasi orqali bevosita vendordan onlayn rejimda yetkazib berish imkonini beradi